Jamiyat tarixi va faoliyati

JAMIYAT TARIXI

«SHAXRIXON – AVTO RAVON» aksiyadorlik jamiyati 1975 yilda Rossiya federatsiyasi Тol’yatti shaxrida joylashgan “AVOTVAZtexximat” birlashmasi tarkibida «Andijon viloyati «Avtovaztexnikxizmat» ko`rsatish stansiyasi nomi bilan tashkil topdi.

1990 yilda «Shaxrixon - Lada» AJ Andijon viloyat tumanlarаrо «VAZ» yengil avtomashinalariga xizmat ko`rsatish korxonalari tarkibiga kiritildi.

automotiveRespublikamiz 1991 yilda mustaqillikka erishgach mamlakat rivojlanish jarayonlarida jamiyatga tashqaridan ehtiyot qismlar va boshqa materiallar kelishi chegaralanib, ish yuritishda turli muammolarni yechishga to`g`ri keldi. Bu holatda ham jamiyat jamoasining ahilligi, mahorati va yuqoriga intilishi natijasida barcha qiyinchiliklar ortda qoldirildi.

Aholiga har tomonlama qulaylik yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida Respublika Prezidentining 1994 yil 21 yanvar va 15 mart farmonlari Vazirlar mahkamasining 29 mart 171-sonli, 1995 yil 27 fevraldagi 71-sonli qarorlariga asosan jamiyatimizda mavjud 3 ta stansiya va 3 ta avtoustaxonalarda ishlovchi ilg`or ishchi va hodimlarga xususiylashtirilib berildi. Jamiyatimizni asosiy rivojlanishiga Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 26 mart kungi «UzDEUavto» qo`shma korxonasining samarali faoliyatini ta’minlash chora tadbirlari to`g`risidagi» qarori sabab bo`ldi.

Jamiyatimiz avtomobillar savdosida yuqori ko`shatkichlarga erishish natijasida korxona daromadi muntazam ortib bormoqda. Bular evaziga ishchi xizmatchilarni oylik maoshlari bosqichma-bosqich oshirilmoqda. Jamiyatimizda ishchi xizmatchilarni unumli va samarali mehnat qilishlari uchun xam yaxshi shart sharoitlar yaratilgan.

JAMIYAT FAOLIYATI VA MAQSADLARI

  • 1. Jamiyat faoliyatining maqsadi foyda olishdir.
  • 2. O'z maqsadiga erishish uchun jamiyat quyidagi yo'nalishlarda faoliyatni amalga oshirishi mumkin:
  • Xalq iste'mol mollarini sotish va sotishda vositachilik xizmatlarini ko'rsatish;
  • Avtotransport vositalarining extiyot qisimlarini ulgurji savdo orqali sotish;
  • Avtotransport vositalarini ta'mirlash va servis xizmatlarini ko'rsatish;
  • Tijorat va vositachilik faoliyati.
  • 3. Jamiyat Qonunchilik bilan belgilangan tartibda Qonunchilik bilan taqiqlanmagan va Ustavda ko'rsatilmagan xar qanday faoliyat turi bilan shug'ullanishi mumkin.
  • 4. Lisenziya yoki boshqa maxsus ruxsatnoma mavjud bo'lishini talab etuvchi faoliyat belgilangan tartibda lisenziya yoki boshqa maxsus ruxsatnoma olinganidan keyin amalga oshiriladi. Jamiyatga berilgan lisenziya uning barcha filiallari uchun yagona xisoblanadi.